Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • KOICA bilan hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi
    18.02.2022

    Bugun, 18-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

    Uchrashuvda AKT sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, yangi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. Shu nuqtai nazardan, biznes jarayonlari autsorsingi (BPO) kabi IT yo‘nalishi ham katta istiqbolga ega.

    Bu, o‘z navbatida, IT-mahsulotlar va xizmatlar eksportini oshirish bilan birga, yuqori maoshli ish o‘rinlari yaratish orqali yoshlar bandligini oshirishga ham xizmat qiladi.

    AKT vaziri Sh. Shermatov ta’kidlaganidek, malakali IT-mutaxassislarni tayyorlashda koreyalik hamkorlarning tajribasi katta qo‘l keladi. O‘z navbatida, Koreya IT-kompaniyalari malakali ishchilarni raqobatbardosh shartlar asosida keng jalb etishlari mumkin bo‘ladi.

    Uchrashuvda Koreya IT-kompaniyalarini O‘zbekiston bozoriga keng jalb etish masalalari ham muhokama qilindi. Shuningdek, bu borada AKT sohasida faoliyat yuritayotgan xorijiy korxonalar uchun barcha shart-sharoitlar, jumladan, imtiyozli soliq va bojxona rejimlari, zamonaviy ish kabinetlari bilan ta’minlash, tashkiliy-huquqiy va marketing xizmatlari ko‘rsatish va hokazolar yaratilgan.

    Tomonlar keng va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun katta imkoniyatlar mavjudligini qayd etib, ularni yanada rivojlantirish uchun sa’y-harakatlarni safarbar etishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati