Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jizzax Axborot texnologiyalari texnikumida talabalar uchun o‘quv-seminar o‘tkazildi
    18.02.2022

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari rivojlantirish vazirligining Jizzax viloyati hududiy boshqarmasi xodimlari tomonidan Jizzax Axborot texnologiyalar texnikumi talabalari uchun “Jizzax viloyatida Axborot texnologiyalari sohasida amalga oshirilgan ishlar va rejalar” mavzusida o‘quv seminar tashkil etildi.

    O‘quv seminar davomida viloyatda amalga oshirilgan ishlar va yutuqlar to‘g‘risida texnikum talabalari uchun taqdimotlar o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalar tomonidan ushbu sohaga qiziqishlari bo‘yicha berilgan savollarga hududiy boshqarma xodimlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

    Manba: Axborot xizmati