Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU va uning hududiy filiallari talabalari Davlat stipendiyalari sovrindori bo'ldi
    18.02.2022

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallari talabalari M. Rixsivoyev, F.Maxmadiyorov, M. Isomiddinovlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, S.Rustamova, F.Fozilov, F.Qurbanova, U. Zarpullayev, F. Egamberganova, S. G’aniyev, P. Kenesbayeva Beruniy nomli Davlat stipendiyasi, F.Mirzayeva, F. Axrorova Islom Karimov nomli Davlat stipendiyasi, A.Azbergenova Ibrohim Yusupov nomli Davlat stipendiyasi, D.Asenbayeva esa To‘lipbergen Qayipbergenov nomli Davlat stipendiyalari sovrindori bo‘ldilar.

    Bu kabi muvaffaqiyatlarga erishishida eng avvalo yurtimizda yoshlarga yaratib berilayotgan keng imkoniyatlar, filial va fakultet jamoasining qo'llab-quvvatlashi hamda universitet ustozlarning mehnatlari beqiyosdir.

    Manba: Axborot xizmati