Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Eksportga ixtisoslashtirilgan dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha takliflar berildi
    17.02.2022

    Bugun 17-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Delta Innovation&Software” korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

    Ushbu korxona asosiy faoliyati IT-sohasidagi xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlikda loyihalarni amalga oshirib, “Epam Systems”, “Exadel”, “Relentless”, “Wedoweb”, “SSD Smart Software Solutions” kabi nufuzli IT-kompaniyalar bilan hamkorlik qilmoqda. Hozirgi kunda mazkur korxonada 25 ga yaqin malakali dasturchilar faoliyat yuritmoqda.

    AKT vaziri Sh. Shermatov ushbu korxonaga tashrifi davomida korxonaning xodimlari bilan uchrashib, ular bilan o‘zaro muloqot qildi. Muloqot davomida Xorazm viloyatida IT-sohasini rivojlantirish, xususan, dasturchilar sonini keskin oshirish masalalari muhokama qilindi va tegishli takliflar bildirildi.

    Uchrashuv davomida AKT vaziri Sh. Shermatov “Delta Innovation&Software” korxonasi faoliyatini jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalasida o‘zining takliflarini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati