Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT kadrlarni tayyorlashda zamonaviy pedagogik usullardan va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish zarur
    16.02.2022

    Bugun, 16-fevral kuni Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Ko Kyu Chang boshchiligidagi delegatsiya Xorazm viloyati Urganch shahrida joylashgan 30-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabga bordi.

    Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov qatnashdi.

    Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 701-sonli qaroriga asosan 2020-yilda ushbu maktabda koreys tilini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan 2 ta sinf tashkil qilinib, mazkur sinflarga test sinovlari asosida 60 nafar o‘quvchi qabul qilingan.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT–industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4851-sonli qarori ijrosi doirasida 2020-2021-o‘quv yilidan boshlab Urganch shahar 30-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi negizida informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan tayanch maktabi tashkil etildi.

    Bugungi kunda maktabning informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashgan sinflarida jami 140 nafar o‘quvchi hamda ushbu maktabning koreys tiliga ixtisoslashgan sinflarida 93 nafar o‘quvchi fanlarni chuqurlashtirilgan holda o‘rganmoqda. Mazkur maktabda informatika va robototexnika sinf xonalari hamda raqamli kutubxona tashkil qilindi. Xonalar zamonaviy ko‘rinishda ta’mirlandi hamda zarur kompyuter texnikalari va boshqa vositalar bilan jihozlandi.

    Tadbir davomida IT maktabda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan suhbat uyushtirilib, fikr va takliflar almashildi. Xorijiy mehmonlar IT maktab faoliyati va o‘quvchilarga yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar. 

    Manba: Axborot xizmati