Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri IT Park rezidenti “Exadel” kompaniyasi bilan eksportga ishlaydigan yuqori maoshli qo'shimcha ishchi o'rinlarini ko'paytirish istiqbollarini muhokama qildi
    15.02.2022

    Joriy yilning 15-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov va “Exadel” IT-Park rezident kompaniyasi bosh direktor Elena Krukovskaya ishtirokida onlayn muloqot bo‘lib o‘tdi.

    Uchrashuvda tomonlar O‘zbekistonda IT-xodimlarni tayyorlash, “Exadel” faoliyatini kengaytirish imkoniyatlari, tashkilot faoliyati uchun qulay sharoitlar yaratish, shuningdek, O‘zbekistonga yetakchi mutaxassislarni jalb etish masalalarini muhokama qildilar.

    “Exadel” IT kompaniyasi vakillari O‘zbekistonda o‘z faoliyatini kengaytirishni davom ettirish, IT-mutaxassisliklari bo‘yicha yanada ko‘proq yoshlarni o‘qitish va ularni o‘z jamoasiga qabul qilish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarga o‘rgatishda va tajriba hamda bilim bilan almashish maqsadida senior mutahassislarni jalb qilishda ko‘maklashish  istagini bildirdi.

    O‘z navbatida, AKT vaziri Sh. Shermatov kompaniyaga yoshlarni o‘qitish, tajribali xorijlik mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha rejalashtirilgan vazifalarni bajarishda qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidladi. Vazir kompaniya faoliyatini kengaytirish, o‘z vakolatxonalarini ochish va yoshlarni O‘zbekiston hududlarida, xususan, Farg‘ona vodiysida IT sohasiga jalb etish, bu yerda katta IT-hamjamiyat tashkil etishni taklif qildi.

    Bundan tashqari, AKT vaziri Sh. Shermatov ayni damda “IT-Visa” deb nomlangan keng ko‘lamli loyiha ishlab chiqilayotganini, bu katta mutaxassislarni O‘zbekistonga ko‘chirish jarayonini soddalashtirishga yordam berish hamda ularning kasbiy faoliyati va umuman hayot kechirishi uchun qulay sharoitlar yaratishini aytdi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yaqin kelajakda O‘zbekistonda IT-mutaxassislarining o‘sishi va rivojlanishi uchun yanada keng imkoniyatlar yaratish maqsadida yuqoridagi barcha vazifalar ustida ishlash uchun kuchlarni birlashtirishga kelishib oldilar.

    Ma’lumot uchun:

    “Exadel” 1998-yilda tashkil etilgan xalqaro IT kompaniyasi bo‘lib, dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan shug‘ullanadi.

    Bugungi kunda kompaniyaning AQSH, Germaniya, Polsha, Litva, Ukraina, Belarus, Rossiya, Oʻzbekiston va Gruziyadagi vakolatxonalarida 2000 ga yaqin xodimlar faoliyat ko‘rsatadi.

    Ayni vaqtga qadar qadar “Exadel” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasida qariyb 70 kishi ishlaydi. Yil oxirigacha bu raqam 300 taga yetishi kutilmoqda.

    Manba: Axborot xizmati