Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Raqamlashtirish jarayonlarini joriy etishda Estoniya tajribasidan ham foydalaniladi
    15.02.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos boshchiligidagi delegatsiya Estoniya Respublikasi Iqtisodiyot va kommunikatsiyalar vazirligida Estoniya hukumatining axborot texnologiyalari bo‘yicha direktori janob Luukas Kristyan Ilves bilan uchrashdi. Uchrashuvda davlat sektorida axborot texnologiyalaridan keng foydalanish, Estoniya elektron hukumatni rivojlantirishda tajribalar o‘rganish masalalari muhokama qilindi.

    Shuningdek, aholining raqamli ko‘nikmalarini oshirish va inson kapitalini rivojlantirish bo‘yicha takliflar berildi.

    AKT vazirining birinchi o‘rinbosari O. Pekos “Raqamli Oʻzbekiston – 30” strategiyasi doirasida raqamlashtirish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va tadbirlar taqdimotini oʻtkazdi. Shuningdek, IT-mutaxassislarni tayyorlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar va IT-tadbirkorlikda yaratilayotgan imkoniyatlar alohida taʼkidlandi.

    Shu bilan birga, elektron hukumatni joriy etishning texnik jihatlarini o‘rganish maqsadida Estoniya hukumati bosh texnik direktori janob Kristo Vaher bilan ham uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Delegatsiyaga davlat organlari, jumladan, davlat xizmatlarini ko‘rsatish jarayonlarini avtomatlashtirish bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etildi. Avtomatlashtirish jarayonining muhim jihati – yagona strategiyani ishlab chiqish va davlat organlarining axborot tizimlari va resurslarini o‘zaro integratsiyalashuvini ta’minlash muhimligi ta’kidlandi. Davlat organlarida ochiq kodli dasturiy ta’minotdan foydalanish masalalari ham muhokama qilindi.

    Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar raqamli texnologiyalar sohasida kelgusida tajriba almashishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

    Manba: Axborot xizmati