Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashdi
    15.02.2022

    Bugun, 15-fevral kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirining o‘rinbosari Ko Gyu Chang bilan uchrashdi.  

    So‘nggi yillarda Janubiy Koreyalik mutaxassislarning mamlakatimizda raqamli texnologiyalarni rivojlantirish borasidagi islohotlarda faol ishtirok etayotgani, elektron hukumat va IT ta’lim sohasidagi yirik loyihalarni joriy etishda bevosita hamkorlik qilayotgani o‘zaro hamjihatlik va ishonchning yuksakligidan dalolat beradi.  

    Bo‘lib o‘tgan uchrashuv doirasida O’zbekiston va Korea orasidagi AKT sohasidagi hamkorlikni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, jumladan Koreadagi va O’zbekistondagi demografik trendlardan kelib chiqib Korea kompaniyalari bilan hamkorlikda IT va BPO xizmatlari eksportini rivojlantirish, O’zbekistondagi yoshlarni AKT sohasiga kengroq jalb qilish hamda yuqori maoshli ish bilan ta'minlash kabi istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalasi muhokama qilindi.

    Manba: Axborot xizmati