Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligining rahbariyati IT Park faoliyati bilan yaqindan tanishdi
    15.02.2022

    Bugun, 15-fevral kuni, Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri o‘rinbosari Ko Kyu Chang boshchiligidagi Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligining delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkining (IT Park) Toshkent shahri filialiga bordi.

    Uchrashuv  doirasida xorijiy mehmonlar IT Park rezidentlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ta’kidlash kerakki, unda IT tadbirkorlar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Zamonaviy ofislar, laboratoriyalar, kovorking zona, konferens zallar shular jumlasidandir.  Texnopark rezidentlari 2028-yil 1-yanvargacha barcha davlat soliq va majburiy to‘lovlaridan ozod etilgan bo‘lib, hozirgi vaqtda ular taqdim etilgan ushbu imtiyozlardan samarali foydalanishmoqda.

    Shu bilan birga, IT Park faoliyati va uning rezidentlari tomonidan amalga oshirilayotgan startap loyihalar to‘g‘risida taqdimotlar o‘tkazildi.

    Aytish joiz, IT Parkning barpo etilishi,  mamlakatimizda IT bozorining rivojlanishiga turtki bo‘lmoqda. Bugungi kunga qadar, IT parklarning rezidentlari soni 505 taga yetkazildi ulardan 18 tasi  xorijiy kompaniyalar ishtirokida tashkil qilingan.  Shu bilan birga, 8,5 mingga yaqin yuqori maoshli ish o‘rinlari yaratilgan. 2021-yilda IT-mahsulotlar va xizmatlar eksporti hajmi 50 barobarga oshdi va 40 mln dollarga yetkazildi. 

    Manba: Axborot xizmati