Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Nufuzli ekspertlar va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi
    14.02.2022

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida nufuzli ekspertlar va Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirokida kiberxavfsizlik sohasida qonunchilikni takomillashtirish dolzarbligi bo‘yicha seminar o‘tkazildi.

    Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, Innovatsion rivojlanish, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qo‘mitasi raisi I. Abdullayev va O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri o‘rinbosari D. Rustamov ishtirok etdi.

    Tadbir doirasida qator masalalar, jumladan, kiberxavfsizlik sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, mazkur sohani huquqiy-tashkiliy, ilmiy-texnikaviy va normativ-metodik tartibga solish, kiberxavfsizlikni yuqora darajada ta’minlash maqsadida hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalangan holda infratuzilmani rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

    Tadbirda ta’kidlanganidek, hozirgi kunda kiberxavfsizlikka doir amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar ilg‘or xorijiy tajribadan foydalanib, tashqaridan kelayotgan kibertahdid va kiberhujumlarga qarshi samarali xavfsizlik tizimini barpo etish, milliy xavfsizlik va fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlarni saqlashini ta’minlashga qaratilgan.

    Manba: Axborot xizmati