Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Kasbi tumanidagi chekka ovul aholisi optik tola orqali yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulanmoqda
    09.02.2022

    Raqamli iqtisodiyot taraqqiyoti zamonaviy infratuzilmaning asosi – optik tolali aloqa liniyalari orqali bugun mamlakatimizning chekka tumanlaridagi olis qishloq hududlarida ham aks etmoqda.

    Buning uchun “O‘zbektelekom” AK va uning hududiy filiallari tomonidan respublika bo‘ylab aholini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘i bilan ta’minlashga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda.

    Jumladan, kompaniyaning Qashqadaryo filiali mutaxassislari tomonidan 2022-yilda viloyatning Kasbi tumaniga qarashli bir qancha olis hududlarga, xususan, Novqat, Fazli, Pondiron, Oqtepa, Denov va Nazartepa qishloqlariga 22 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa kabellari tortib borildi.

    Shuningdek, joriy yil boshidan ayni paytga qadar viloyat bo‘ylab aholiga zamonaviy telekommunikatsiya xizmatlaridan foydalanish imkonini beruvchi 201 kilometrdan ziyod optik tolali aloqa liniyalari qurilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati