Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT sohasi vakillari 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar reytingida yetakchi bo‘lishdi
    08.02.2022

     

    “Yuksalish” umummilliy harakati Ijtimoiy va iqtisodiy tashabbuslar instituti bilan hamkorlikda O‘zbekistonning 40 yoshgacha bo‘lgan istiqbolli yosh rahbar kadrlari reytingini e’lon qildi

    Birinchi bosqichda fuqarolik jamiyati, tahlil markazlari va OAV vakillaridan iborat ekspertlar yosh rahbarlarning o‘z sohalarida strategik maqsad va natijalarga erishganlik bo‘yicha faoliyatini baholashdi. Bunda nomzodlarning ma’lumoti, rahbar sifatida jamoatchilik orasida tanilganligi, ijtimoiy tarmoqlardagi faolligi, islohotlar jarayonidagi ishtiroki va ta’sir darajasi hamda shaxsiy va kasbiy yutuqlari inobatga olindi.

    Ikkinchi bosqichda turli soha ekspertlarining ovozi to‘plandi. Yakuniy bosqichga o‘tgan 60 dan ziyod nomzodlar orasidan eng ko‘p ovoz olgan 40 yoshgacha bo‘lgan eng yaxshi 40 nafar rahbar tanlab olindi.

     

    Reytinga ko‘ra, unda axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yuritayotgan rahbarlar yetakchilik qilmoqda. Ular quyidagilar:

    1. Oleg Pekos, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari – 33 yoshda;
    2. Jamshid Egamberdiyev, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari – 39 yoshda;
    3. Hilola Umarova, Prezident huzuridagi ta’lim muassasalari direktori, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga yo‘naltirilgan fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashgan maktabi direktori – 33 yoshda.
    4. Farhod Ibragimov, Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnolik parki (IT Park) direktori – 35 yoshda;
    5. Muzaffar Jalolov, Toshkent shahridagi INHA universiteti rektori – 35 yoshda;
    6. Bobur Abdullayev, Toshkent shahridagi Amiti universiteti direktori – 33 yoshda.

     

    Manba: Axborot xizmati