Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT kadrlarni tayyorlashda ilg‘or pedagogik usullarni, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarini qo‘llash zarurligi ta’kidlandi
    07.02.2022

    Bugun, 7-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali huzuridagi IT texnikumiga bordi.

    AKT vaziri Sh. Shermatov IT texnikumda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni ko‘zdan kechirdi. Shuningdek, o‘quv jarayonlarida ilg‘or pedagogik usullarni, axborot-kommunikatsiya va raqamli texnologiyalarini qo‘llash orqali yoshlarning ilmiy salohiyatini oshirish bo‘yicha takliflar berildi.

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Nukus filiali huzuridagi IT texnikum Vazirlar Mahkamasining “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2021 yil 7-may 288-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan.

    Texnikum 360 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, u o‘quv xonalari, laboratoriya, kompyuter sinflarini o‘z ichiga oladi. Hozirgi kunda texnikumda 17 nafar o‘qituvchi dars beradi.

     

    Manba: Axborot xizmati