Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Vazir granti” uchun hikoyalar tanlovining g‘oliblari aniqlandi
    07.02.2022

    2021-yilning 20-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “Yoshlar forumi-2021”da ishtirok etib, hikoyalar tanlovini eʼlon qilgan edi.

    Tanlov doirasida 10 nafar eng yaxshi hikoya muallifi IT-markazlarida o‘qish uchun grant yutib olish imkoniyatiga ega bo‘lishi ma’lum qilingan edi.

    Tanlov ishtirokchilari o‘z hayotlari haqida hikoya yozib, aynan nima uchun IT-mutaxassis bo‘lishni xohlashlari va bu ularning hayotlarini qanday yaxshilashini aytib berishlari kerak edi.

    Tanlov natijalari bo‘yicha g‘oliblari aniqlandi. Ularga mamlakatimizdagi istalgan IT-markazda IT-mutaxassisliklari bo‘yicha bepul o‘qish uchun sertifikatlar topshirildi. Endilikda kursni muvaffaqiyatli tamomlagan o‘quvchilar noutbuk yutib olishlari va IT-kompaniyalarga ishga joylashishlari mumkin bo‘ladi.

    Manba: Axborot xizmati