Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Jahon banki vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi
    07.02.2022

    Bugun, 7-fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi rahbar-xodimlari va Jahon banki vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

    Qoraqalpog‘iston Respublikasida xizmat safarida bo‘lib turgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov mazkur uchrashuvda onlayn ravishda ishtirok etdi.

    Unda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari J. Maqsudov va Vazirlik Markaziy apparatining rahbar-xodimlari ham qatnashdi.

    Ta’kidlash lozimki, bugungi kunda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Jahon banki bilan hamkorlikda bir nechta loyihalarni amalga oshirib kelmoqda.

    Uchrashuv davomida sohani yanada takomillashtirishga qaratilgan dolzarb masalalar va istiqbolli yo‘nalishlar muhokama qilindi. Tomonlar loyihalarni hamkorlikda samarali davom ettirishga tayyor ekanligini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati