Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Taxtako‘pir tumanida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
    07.02.2022

    Qoraqolpag‘iston Respublikasi Taxtako‘pir tumani “Gʻarezsizlik” mahallasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi va qator tashkilotlar hamkorligida kibersport musobaqalarining tuman bosqichi o‘tkazildi.

    Mazkur musobaqa tumandagi Informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda “FIFA 22” va “Counter Strike 1.6” yo‘nalishlari bo‘yicha bo‘lib o‘tdi. IT tadbirga tumandagi 100 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etdi.

    Musobaqa IT-maktabning moddiy texnika bazasini mustahkamlash maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan taqdim etilgan zamonaviy kompyuterlarda o‘tkazildi.

    Musobaqa so‘ngida ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

    Manba: Axborot xizmati