Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatida yana 6 ta IT-maktablar tashkil etiladi
    19.01.2022

    O‘zbekiston Prezidentining PQ-4851-son qaroriga asosan, respublikaning barcha tuman (shahar)larida informatika va axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktablarni bosqichma-bosqich tashkil etish belgilangan bo‘lib, 2020-2021-yillar mobaynida Andijon viloyatida 7 ta IT-maktab faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

     2022-yilda esa viloyatning Paxtaobod, Xo‘jaobod, Marhamat, Jalaquduq, Izboskan va Oltinko‘l tumanlarida ham xuddi shunday maktablar tashkil etish rejalashtirilmoqda.

     Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Andijon viloyati hududiy boshqarmasi hamda viloyat XTB vakillaridan iborat ishchi guruh tomonidan tashkil etilishi rejalashtirilgan 6 ta IT-maktabning infratuzilmasi shart-sharoitlari va moddiy-texnika bazasi, axborot texnologiyasi yo‘nalishi bo‘yicha imkoniyatlari o‘rganildi.

    Manba: Axborot xizmati