Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Klagenfurt universiteti bilan ilmiy yo‘nalishda hamda qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi
    18.01.2022

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining beshta magistratura mutaxassisligida tahsil oluvchi talabalar uchun yangi imkoniyatlar yaratildi.

    Ilk bor dunyoning eng nufuzli universitetlarning birinchi 400taligiga kiruvchi Avstriya davlatining Klagenfurt universiteti bilan ilmiy yo‘nalishda hamda qo‘shma ta’lim dasturi bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.

    Yuqorida aytilganidek, beshta mutaxassislik talabalarining eng iqtidorlilari saralab olinib, ular Klagenfurt universitetida 1 yoki 2 semestr davomida o‘qishini davom ettirish hamda ikki tomonning diplomiga ega bo‘lishlari mumkin.

    Endilikda Toshkent axborot texnologiyalari universitetining ilmiy izlanuvchilari, doktorantura hamda magistratura talabalari ikki universitet professor o‘qituvchilarini hamkor ilmiy rahbar (co-supervising) sifatida olishlari mumkin.

    Hozirgi kunda Klagenfurt universiteti bilan o‘rnatilgan yaqin aloqalar ERASMUS+ INTRAS loyihasi bilan boshlangan bo‘lsa, shu kungacha 10dan ortiq ilmiy maqolalar nufuzli jurnallarda chop etildi. 2 nafar o‘qituvchilar amaliyotga  borib qaytdilar. Shu kunlarda yana 2 nafar PhD  talabasi 5 oylik almashinuv dasturiga ketmoqda.

    Manba: Axborot xizmati