Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan AKT vazirligi xodimlari taqdirlandi
    18.01.2022

    Bugun, 18-yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan mudofaa qudratini mustahkamlash va Qurolli Kuchlarni barpo etishda salmoqli hissa qo‘shgan AKT vazirligining bir qator xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

    Taqdirlash marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov ishtirok etdi. “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishonlari Mudofaa vazirligi ma’sullari tomonidan taqdim etildi.

     Shuni alohida ta’kidlashimiz kerak, bugungi kunda O‘zbekistonda tashkil etilgan noyob tizim – harbiy-maʼmuriy sektorlar joylardagi davlat hokimiyati organlarini mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga faol jalb etish uchun imkon berib kelmoqda. Bu esa, o‘z navbatida, Хalq va armiya – bir tan-u bir jondir” degan ulug‘ g‘oyani amalda taʼminlashga xizmat qilmoqda.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev boshchiligida amalga oshirilayotgan saʼy-harakatlar natijasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlari respublikamiz mustaqilligi, xalqimizning tinch va osoyishta hayotini ishonchli himoya qilishning chinakam kafolati bo‘lib kelmoqda.

    Ma’lumot uchun:

    “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlanganlar ro‘yxati.

    Jamol Tilloyevich Maxsudov – Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari;

    Nazirjon Nabidjonovich Xasanov – “O‘zbektelekom” AK bosh direktori;

    Jaxongir Abduxakimovich Aripov – “O‘zbektelekom” AK bosh direktorining birinchi o‘rinbosari;

    Mardan Jaxangirovich Berdiklichev – “O‘zbektelekom” AK bosh direktorining o‘rinbosari;

    Davron Xayatovich Djabarov – Toshkent shahar telefon tarmog‘i Filiali direktorining birinchi o‘rinbosari;

    Maxsum Mubashirovich Maxmudov – “ Unicon.uz” – Fan texnika va marketing tadqiqotlari markazi davlat unitar korxonasi direktori;

    Emil Ildarovich Gimranov – “Yagona integrator – “UZINFOCOM” MCHJ bosh direktori;

    Zarina Rustamovna Yuldasheva – “Yagona integrator – “UZINFOCOM” MCHJ tahlil va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bo‘limi boshlig‘i.

     

    Manba: Axborot xizmati