eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vazirligida “Vatanimga tayanchman” mavzusida vatanparvarlik soati onlayn shaklda o‘tkazildi
    14.01.2022

    2022-yil 14-yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan “Vatanimga tayanchman” mavzusida videokonferensaloqa ko‘rinishida vatanparvarlik soati onlayn shaklda o‘tkazildi.

    Ushbu tadbirda AKT vazirligi markaziy apparati departament, boshqarma va bo‘limlari, shuningdek, tizimdagi aksiyadorlik kompaniyalari, jamiyatlar, korxona, tashkilot va muassasalari rahbar-xodimlari ishtirok etdi.

    Mazkur o‘quv soati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 22-noyabrdagi tegishli farmoyishi hamda unga ilova tarzida tasdiqlangan bayram tadbirlariga tayyorgarlik ko‘rish hamda uni o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi doirasida tashkil etildi.

    Tadbirda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri maslahatchisi N.Abdullayev tomonidan barcha ishtirokchilarga Vazir tabrigi o‘qib eshittirildi. Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligi Mobil boshqaruv punkti boshlig‘i D.Murodov, “Maʼnaviyat va maʼrifat markazi” vakili, yuridik fanlar doktori, F.Muhiddinovalar o‘quv soati ishtirokchilariga O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topishi, uning qisqacha tarixi, rivojlanish strategiyasi hamda Yangi O‘zbekiston armiyasi oldida turgan ustuvor vazifalar to‘g‘risida batafsil maʼlumotlar berildi.

    Jumladan, bugun xalqchil va demokratik tamoyillarga asoslangan yangi O‘zbekiston davlatini, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etilayotgani, shu maqsadda avvalo bebaho boyligimiz bo‘lgan tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga eng muhim vazifa sifatida ustuvor ahamiyat qaratilayotgani, mazkur vazifalarni amalga oshirish hamda uning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida keyingi yillarda bir qancha qaror va farmonlar, shu jumladan yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa doktrinasi qabul qiliniga alohida eʼtibor qaratildi.

    Bundan tashqari, O‘zbekiston tarixida birinchi marta o‘z mohiyatiga ko‘ra noyob tizim - harbiy-maʼmuriy sektorlar tashkil etilgani, bunday ish usuli joylardagi davlat hokimiyati organlarining mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashga faol jalb etish imkonini berishi, eng muhimi, u “ Хаlq va armiya  - bir tanu bir jondir” degan hal qiluvchi tamoyilni amalda taʼminlashga xizmat qilishi taʼkidlandi.

    Manba: Axborot xizmati