Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
    29.12.2021

    Sirdaryo viloyati Guliston shahrida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi. Alisher Navoiy nomli Axborot kutubxona markazi binosida bo‘lib o‘tgan mazkur sayyor qabulda Vazirlikning Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi, vazirlik tizimiga kiruvchi Sirdaryo viloyati soha tashkilotlari va mobil aloqa operatorlari rahbarlari, fuqarolar, tashkilot xodimlari ishtirok etdi.

    Tadbir boshida 2021 yil Sirdaryo viloyatida axborot texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma’lumotlar berib o‘tildi.

    Vazirlik faoliyatidan kelib chiqib, aholi vakillari telekommunikatsiya xizmatlari, dasturiy mahsulotlar, IT-ta’lim yo‘nalishlari bilan bog‘liq savollariga javob olib, yangiliklar bilan tanishdilar.

    Savol-javoblarga boy bo‘lgan uchrashuvda fuqarolar axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasiga daxldor o‘zlarini qiynayotgan muammolarni, masalalarni ko‘tarib chiqdilar. AKT sohasi rivoji uchun bu masalalar qatorida, yurtdoshlarimiz sohani rivojlantirish yuzasidan taklif va istaklarini bildirdilar.

    Mazkur sayyor qabulda ko‘tarilgan muammo va masalalar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan soha tizimidagi tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida joyiga chiqan holda o‘rganilib, Bunyodkor MFY, Do‘stlik MFY, Buyuk kelajak MFYga GPON texnologiyasida yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ishlari amalga oshirildi.

    Shuningdek, sayyor qabul doirasida viloyat soha korxona va tashkilotlari tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda qurilmalarining ko‘rgazmasi tashkil etildi hamda mobil aloqa operatorlari tomonidan “Yangi yil” bayrami munosabati bilan raqamlarni harid qilishda aksiyalar (80 foizli chegirmalar) tashkil qilindi.

     

    Manba: Axborot xizmati