Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyatining chekka hududlari mobil aloqa va internet xizmatlari bilan ta’minlanmoqda
    29.12.2021

    Surxondaryo viloyatining mobil aloqa qamrovi mavjud boʻlmagan Sherobod tumanidagi Xoʻjaanqo qishlogʻi hududiga Ucell aloqa operatorining baza stantsiyalarini oʻrnatish orqali aholining mobil aloqa va internet xizmatlariga boʻlgan ehtiyoji ta'minlandi.

    Bugungi kunda viloyatdagi mobil aloqa baza stantsiyalarining umumiy soni 2 796 tani va mobil abonentlar soni 1,5 mln. nafarni tashkil etmoqda.

    Viloyatda aholi yashash maskanlarining aloqa qamrovi 98 foiz, internet qamrovi 84 foiz va raqamli televideniya qamrovi 100 foizni tashkil qiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati