Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Andijon viloyatida 6 ta IT-maktab o'z faoliyatini boshladi
    28.12.2021

    Andijon viloyatining qator shahar va tumanlarida jami 6 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarning ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

    Ochilish marosimida Xonobod shahridagi IT maktabidan bir vaqtning o‘zida onlayn shaklda boshqa hududlarda ham ochilayotgan maktablar bilan aloqa o‘rnatildi va 6 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarning ochilishiga start berildi.

    Bugungi kunda Andijon viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarning soni 7 taga yetkazildi. Shuningdek, ushbu maktablarda ta'lim oluvchi o‘quvchilarning qamrov darajasi 240 nafarga yetdi.

     

    Manba: Axborot xizmati