Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Xorazm viloyatida IDEATHON tanlovi o‘tkazildi
    28.12.2021

    Xorazm viloyati yoshlari uchun “Xorazm yoshlar forumi-2021” doirasida IDEATHON tanlovi bo‘lib o‘tdi.

    Tanlovda ishtirok etish uchun jami 36 ta ariza kelib tushib, ularning ichida 21 tasi saralab olindi. Tanlov doirasida ishtirokchilar tomonidan sunʼiy intellekt, tibbiyot, energetika, qishloq xo‘jaligi, qurilish, taʼlim, ijtimoiy himoya, aholi bandligi yo‘nalishlar doirasida loyihalar taqdim etildi. Tanlovning umumiy jamg‘armasi 10 million so‘mni tashkil etdi.

    Tanlov natijalari bo‘yicha UmdSoft jamoasining EDULIFE loyihasi g‘olib deb topildi. Mazkur loyiha suniy intellektga asoslangan onlayn kasblar maktabini tashkil etilishi ko‘zda tutulgan.

    2-o‘rinni XYZ jamoasining SmartDoc loyihasi egalladi. Mazkur loyiha tez yordam xizmati sifatini oshirishga yo‘naltirilgan.

    3-o‘rin ishtirokchi Egamberganova Fazilatning AllControl loyihasiga topshirildi. Mazkur loyiha OTM lar uchun talabalarni nazorat qilish va ijro to‘lovi davlat tomonidan to‘lab berilganligini monitoring qilish nazarda tutilgan.