Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri IT Parkning yangi qurilayotgan majmuasida olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish bo'yicha vazifalarni belgilab berdi
    25.12.2021

    Bugun, 25-dekabr kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov poytaxtimizdagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga bordi. Bu erda yangi qurilayotgan zamonaviy majmua qurilishlarining bugungi holati bilan yaqindan tanishdi.

    Bugungi kunda 20-25 qavatli 6 ta ofis binosi qad ko‘targan. Konferensiya zali qurilishi yakuniy bosqichga kirgan.

    Bu yerda jami 17 ta imorat barpo etiladi. Ular 9 balldan yuqori zilzilaga chidamli bo‘ladi.

    Texnologik parkda IT-tashkilotlar, universitet, konferensiya zali, kovorking markazi o‘zaro uzviy faoliyat olib boradi. Majmua hududida xizmat uylari, mehmonxona, kafe va restoranlar, do‘konlar, sport maydoni, dam olish joylari ham bo‘ladi. Yer ostida 3 qavatli avtoturargoh quriladi.

    Habaringiz bor Prezident Shavkat Mirziyoyev  joriy yil 11-dekabr kuni Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkini borib ko‘rgan edi.

    Davlatimiz rahbari qurilish jarayoni bilan tanishgan vaqtda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tizimidagi quyi tashkilotlarni shu yerga ko‘chirib, bank va IT-kompaniyalarni jalb etib, texnoparkni yaxlit kompleks tarzida rivojlantirish, soha vakillari uchun qulay muhit yaratish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergan edi..

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Shermatov aynan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan berilgan topshiriqlarning bajarilish jarayoni bilan tanishdi va olib borilayotgan ishlarni jadallashtirish boyicha takliflarini aytdi.

    Manba: Axborot xizmati