Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Inha universitetida hakaton o‘tkazilmoqda
    25.12.2021

    2021-yilning 24-dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, IT Park, BMTTDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi tomonidan hamda Toshkent shahridagi Inha universiteti, Raqamli texnologiyalar va sun'iy intellektni rivojlantirish ilmiy tadqiqot instituti, shuningdek, KASH APP bilan birgalikda tashkil etilgan “Voice Ai Challenge Uzbekistan” uch kunlik hakatoni start oldi.

    Ushbu hakaton o‘zbek tilida so‘zlashuvchi foydalanuvchilar uchun botlar, ilovalar va boshqa raqamli yechimlarni ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Yechimlar Uzbekvoice.ai loyihasi doirasida toʻplangan oʻzbek tilining ovozli maʼlumotlari asosida yaratiladi.

    Ishtirokchilar o'z loyihalari ustida ishlab, IT-mutaxassislardan yordam va maslahatlar oladilar.

    Tadbir 26-dekabrgacha davom etadi va eng yaxshi ishtirokchilar qimmatbaho sovg‘alar – noutbuklar, planshetlar va smartfonlar bilan taqdirlanadilar.

    Manba: Axborot xizmati