Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • IT ta’lim sohasida hamkorlik masalalari muhokama qilindi
    24.12.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Hindistonga tashrif doirasida qator davlat organlari va oliy o‘quv muassasalari rahbariyati bilan uchrashuvlar o‘tkazdi.

    Mazkur uchrashuvlarda Axborot texnologiayari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

    Hindiston Respublikasi Elektronika va axborot texnologiyalari vazirligi kotibi Adjay Prakesh Sauni bilan uchrashuv tashkil etilib, telekommunikatsiya, elektron hukumat, IT ta’lim sohalarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, yurtimizda IT kadrlarni tayyorlash uchun hindistonlik mutaxassislarni jalb etish, O‘zbekistonda IT autsorsing yo‘nalishini rivojlantirish uchun Hindistonning BPO yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan kompaniyalarini jalb etish masalalari ko‘rib chiqildi.  

     

    Manba: Axborot xizmati