Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Buxoro viloyatida OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur oʻtkazildi
    24.12.2021

    Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texonologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan OAV vakillari va blogerlar uchun press-tur oʻtkazildi.

    Press-tur davomida ishtirokchilar “Oʻzbektelekom” AK Buxoro filiali, “Oʻzbekiston pochtasi” AJ Buxoro filiali, “Uzmobile” filiali Buxoro bogʻlamasi faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

    Ushbu tadbirni tashkil etishdan maqsad, viloyatda axborot texnologiyalari sohasidagi yangiliklar, telekommunikatsiya va raqamlashtirishdagi olib borilayotgan samarali ishlar bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirishdan iboratdir.

    Shuningdek, press-tur ishtirokchilari “Turon TV” telekom kompaniyasi Buxoro shahar filiali, “Beeline” uyali aloqa operatori Buxoro viloyat bosh ofisi hamda “Oʻzbektelekom” AK Buxoro filialiga qarashli “Yosh aloqachi” oromgohida boʻldi. Ishtirokchilar press-tur yakunida IT-park Buxoro viloyat filiali faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

     

    Manba: Axborot xizmati