Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Hindiston oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonga katta qiziqish bildirmoqda
    23.12.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasining Hindistonga xizmat tashrifi doirasida bir qator Hindiston oliy ta’lim muassasalari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

    Mazkur muzokaralarda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi o‘rinbosari Oleg Pekos ishtirok etdi.

    Ta’kidlash kerakki, hozirgi kunda xorijiy oliy ta’lim muassasalari O‘zbekistonga katta qiziqish bildirib, yurtimizda o‘z filiallarini ochish istagini bildirmoqda.

    Ular qatorida Hindistonda taniqli va yuqori nufuzga ega Lakshmi Narayn texnologik kolleji (LNCT Bhopal),  Lal Bahadur Shastri Instituti (Lal Bahadur Shastri Institute of Management LBSIM), BGS Texnologik instituti (BGSIT), Manipal universiteti (Manipal University) ta’lim muassasalarini aytish mumkun. Samarali hamkorlikni o‘rnatishga Achariya universiteti (Achariya universiteti) va Vinayaka universiteti (Vinayaka Mission University) vakillari ham istak bildirishdi.

    Manba: Axborot xizmati