Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “Oʻzbektelekom” AK xodimi “Eng yaxshi yosh ixtirochi” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi
    23.12.2021

    “Toshkent yoshlar forumi – 2021” doirasida “Yilning eng yaxshi yosh ixtirochisi” nominatsiyasi bo‘yicha “Oʻzbektelekom” AKning “Telekommunikatsiya va personalni rivojlantirish markazi” filiali innovatsiya va AKTni joriy etish xizmati yetakchi muhandisi Abbos Nasimov gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.

    U hokimlik xodimlarining ish jarayonini avtomatlashtirish imkonini beruvchi “Smart hokimiyat” innovatsion loyihasini taqdim etgandi.

    Nasimov 2021-yilda Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetini tamomlaganidan soʻng kompaniyaga ishga joylashgan. Yosh xodimning ishga ijodiy va masʼuliyat bilan yondashishi, oʻzini ijobiy tomondan koʻrsatishi uning kelajakda bunday nufuzli tadbirda gʻolib boʻlishiga zamin yaratdi.

    Manba: Axborot xizmati