Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatida navbatdagi IT maktab o’z faoliyatini boshladi
    22.12.2021

    O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-oktyabrdagi “Axborot texnologiyalari sohasida ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirish va ularni IT-industriya bilan integratsiya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-4851-son qarori bilan belgilab berilgan vazifalar doirasida Samarqand viloyati Narpay tumanidagi 61-son informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktabning ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi, viloyat xalq ta’limi boshqarmasi va tuman hokimligi rahbar va xodimlari, jamoatchilik vakillari, maktab o`qituvchi va o`quvchilari ishtirok etdilar.

    O’tgan davrda Samarqand viloyatida 6 ta informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etilgan bo’lib, ushbu maktab informatika va axborot texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan maktablarning yettinchisi hisoblanadi.

    Mazkur maktab zamon talablari asosida ta`mirlandi va jihozlandi. Unda informatika, robototexnika sinfxonalari va raqamli kutubxona tashkil etildi. Endilikda ushbu maktab o`quvchilariga informatika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalar chuqurlashtirilib o‘qitiladi va amaliyotda bilimlarini sinash imkoniyati beradi.

     

    Manba: Axborot xizmati