Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Urganch filialida “Erasmus+” dasturi bo‘yicha seminar o‘tkazildi
    22.12.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universtiteti Urganch filialida “Erasmus+” dasturining axborot va uslubiy seminari bo‘lib o‘tdi.

    Seminarda “Erasmus+” Milliy offisi koordinatori A. Abduraxmanova, expert K.Baxadirov, Oliy ta’lim bo'yicha ekspertlar Milliy guruhining a'zolari tomonidan dasturning yo‘nalishlari, loyihalarni yozish va topshirish tartibi, hozirgi kunda muvaffaqiyatli amalga oshirilgan loyihalar tajribasi, 2022-yilgi ustuvor yo‘nalishlar to‘g‘risida ma’ruza va taqdimotlar o‘tkazildi.

    Tadbirda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali, Urganch davlat universtiteti, Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali professor-o‘qituvchilari va magistrant talabalari ishtirok etishdi. Ushbu tadbir o‘zaro muloqot va tajriba almashish, universitetlararo hamkorlikni kengaytirishda muhim qadam hisoblanadi.

     

    Manba: Axborot xizmati