Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish uchun shart-sharoitlar yaratish, yoshlarni axborot texnologiyalari sohasidagi tadbirkorlikka jalb qilish maqsadida zamonaviy infratuzilmalar bilan jihozlangan IT-markaz ochildi.
Tadbirda tuman hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda tuman yoshlari ishtirok etishdi.
Tadbir davomida IT sohasida kadrlar tayyorlash, ixtisoslashtirilgan va ijod maktablarida taʼlim sifatini yuksaltirish boʻyicha mamlakatning asosiy drayveri hisoblangan "raqamli iqtisodiyot"ni rivojlantirish yo‘lida olib borilayotgan ishlar haqida suhbat bo'lib o'tdi.
Manba: Axborot xizmati