Navoiy viloyati Konimex tumanida shinam va hamma shart-sharoitlarga ega navbatdagi Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi faoliyat boshladi.
Konimex tumani Raqamli texnologiyalari o‘quv markazi ochilishida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligini Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Navoiy viloyati filiali, Konimex tumani hokimligi rahbar va xodimlari ishtirok etdilar.
Konimex tumanidagi Raqamli texnologiyalari o‘quv markaziga kelgan yoshlar bu yerdagi shart-sharoitlar bilan tanishib, yaratilgan bu imkoniyatlardan unumli foydalanib kelajakda yetuk dasturchilar va IT mutaxassislar bo‘lishlarini mamnuniyat bilan so‘zlashdi. Ushbu markazda kompyuter savodxonligi, Web Dizayn, Front End va SMM yo‘nalishlari bo‘yicha kurslar o‘tilishi rejalashtirilgan.
Manba: Axborot xizmati