Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali “Telekommunikatsiya injiniring” kafedrasi o‘qituvchi-dotsentlari tomonidan talabalar uchun “Optik tolalar va ularning montaj texnologiyasi ” mavzusida amaliy mashg‘ulotlar o‘tildi.
Ta’kidlash lozim, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Samarqand filiali hamda “O‘zbektelekom”AK “Telekommunikatsiya transport tarmog‘i” 4-texnik bog‘lanmasi o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik aloqalari shartnomasi asosida tashkil etilgan ushbu o‘quv darslari filialda ta’lim olayotgan talabalarning amaliy bilimlarni yanada mustahkamlash, kelajakda soha korxonalarida ish olib borishlarida qiyinchiliklarni osonlik bilan bartaraf etishga muhim zamin yaratadi.
Manba: Axborot xizmati