Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “ICT Fergana 2021” haftaligi bo‘lib o‘tmoqda
    21.12.2021

    Fargʻona viloyati Raqamli texnologiyalar o‘quv  markazida “ICT FERGANA- 2021” axborot kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi boʻlib oʻtmoqda. 

    Ushbu tadbir Fargʻona viloyat hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi Fargʻona viloyati hududiy boshqarmasi, IT Park Fargʻona filiali hamda bir qator IT kompaniya va tashkilotlar hamkorligida tashkil qilinmoqda.

    Haftalik doirasida “Hackathon” musobaqasi va “Ideathon” gʻoyalar tanlovi hamda boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasini oʻtkazish rejalashtirilgan. Joriy yilning 25-dekabr kuni gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtadi.

     

    Manba: Axborot xizmati