Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Davlat axborot tizimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida ma'lumot berildi
    20.12.2021

    Davlat axborot tizimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida ma'lumot berildi

    2021-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha davlat axborot tizimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy hujjatlar to'g'risida oʼquv soati oʼtkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati doirasida yurtimizda davlat axborot tizimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan qabul qilingan normativ-huquqiy xujajtlarning mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

    Mazkur ma’ruza bo'yicha tayyorlangan taqdimotni quydagi havola orqali yuklashingiz mumkin.