eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sun’iy intellekt texnologiyalarni rivojlantirish doirasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida ma’lumot berildi
    20.12.2021

    2021-yil 17-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PQ–4551-son qarori bilan tasdiqlangan Konstitutsiya va qonun ustuvorligini taʼminlash, bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturining 8-bandi, Vazirlar Mahkamasining “Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish boʼyicha tadbirlarni monitoring qilish va baholash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 20-apreldagi 342-son qarori ijrosi boʼyicha yurtimizda sun’iy intellekt texnologiyalarni rivojlantirish doirasida ko‘rilayotgan choralar to‘g‘risida o‘quv soati o‘tkazildi.

    Unda AKT vazirligi Markaziy apparati va hududiy filiallari, tizimdagi korxona, muassasa va tashkilotlar rahbar va xodimlari ishtirok etishdi.

    O‘quv soati doirasida O‘zbekiston Respublikasida sun’iy intellekt texnologiyalarni rivojlantirish doirasida ko‘rilayotgan choralar, xususan, mahsus rejimni joriy etish amalga oshirialayotgan ishlar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

    Mazkur ma’ruza bo'yicha tayyorlangan taqdimotni quydagi havola orqali yuklashingiz mumkin.