Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • “UZTELECOM” jamoasi voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogini qo‘lga kiritdi
    16.12.2021

    Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahrida erkaklar jamoalari o‘rtasida voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi uchun XXVIII chempionat bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada “UZTELECOM” (“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi) jamoasi yana bir g‘olib chiqib, voleybol bo‘yicha O‘zbekiston kubogi sohibiga aylandi.

    Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, xalqaro sport maydonlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilish maqsadida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan Beshta muhim tashabbusdan biri aynan ushbu yo‘nalishga qaratilgan.

    O‘z navbatida, “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan faol va iqtidorli ishchilarni, ayniqsa, yoshlarni aniqlash maqsadida vaqti-vaqti bilan turli ko‘rik-tanlovlar, madaniy-ma’naviy, sport-intellektual tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda, ular turli musobaqa va ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib kelishmoqda. “UZTELECOM” jamoasining voleybol bo‘yicha erkaklar jamoalari o‘rtasida O‘zbekiston kubogi uchun o‘tkazilgan XXVIII chempionatida ishtirok etishi ana shunday qadamlardan biri bo‘ldi. Ushbu musobaqala 1992-yildan boshlab har yili o‘tkazib kelinadi.

    Musobaqa yakunlariga ko‘ra, uchinchi o‘rinni ikki jamoa – MHSK (O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi) va “Buvayda tadbirkor” (Farg‘ona viloyati) jamoalari egalladi. Kumush medal OKMK jamoasi (Olmaliq shahri)ga nasib qildi.

    Sovrindorlar medal, diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

    Manba: Axborot xizmati