Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Samarqand viloyatidagi chekka hududlar yuqori tezlikdagi internet bilan ta’minlanmoqda
    15.12.2021

    Bugungi kunda mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, taʼlim, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻjaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

    Aholi yashash punktlarini internet tarmogʻiga ulash darajasi, shu jumladan keng polosali ulanish portlarini 2,5 milliongacha koʻpaytirish, optik-tolali aloqa liniyalarini qurish va mobil aloqa tarmoqlarini rivojlantirish rejalashtirilgan.

    Shuningdek, aloqa va axborotlashtirish tizimlarini yaxshilash borasida “Oʻzbektelekom”AK Samarqand filiali tomonidan qator ishlar amalga oshirildi. Bugungi kunda, Nurobod tumanining Jom aholi punktiga 56 kilometr optik tolali aloqa kabellarini yotqizish rejalashtirilgan boʻlib, belgilangan rejaning 20 kilometr aloqa tarmoqlari qurildi. Ushbu tarmoq qurilishi tugatilishi bilan, yoʻnalishdagi Sazagʻan, Oqsoy, Anjirli, Sariqul, Ibroxim ota, Irugʻul, Tovoqbuloq, Mironqul, Guliston aholi punktlarini telekommunikatsiya tarmogʻiga ulash ishlari amalga oshiriladi.

    Shu bilan birga, Nurobod tumani Jom aholi punktida, Qoʻshrobod tumani Joʻsh aholi punktida 36 kilometr aloqa liniyasi, Paxtachi tumani Qarnab ota aholi punktida 35 kilometr aloqa kabellari tortildi va  zamonaviy qurilmalar oʻrnatildi. Har bir  qurilma 1536 ta portga ega boʻlib,  1Gbit/s gacha tezlik bilan telekommunikatsiya xizmatlari yaʼni telefon, internet va televideniya xizmatlari koʻrsatishga moʻljallangan. Hozirda ushbu hududlarda ijtimoiy soha obyektlarini 100 foiz telekommunikatsiya tarmogʻiga ulash imkoniyati yaratilgan.

     

    Manba: Axborot xizmati