Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Sirdaryo viloyati avtomobil yoʻllaridagi mobil aloqa va mobil internet qamrovi darajasi oʻrganildi
    14.12.2021

    Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy boshqarmasi hamda tegishli soha tashkilotlari bilan birgalikda viloyat hududidan oʻtuvchi xalqaro va davlat ahamiyatiga molik avtomobil yoʻllarida mobil aloqa va mobil internet qamrovi darajasining oʻlchov natijalari muhokama qilindi.

    Hududiy boshqarma tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini oʻz vaqtida taʼminlash xususan, viloyat hududidan oʻtuvchi xalqaro avtomobil yoʻllarida mobil aloqa va mobil internet qamrovini 100 foizga yetkazish yuzasidan barcha mobil aloqa operatorlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, mobil aloqa va mobil internet qamrovi mavjud boʻlmagan hududlarda yangi mobil aloqa tayanch stansiyalarini oʻrnatish boʻyicha zarur tavsiya va koʻrsatmalar ishlab chiqish, shuningdek, har chorakda oʻtkaziladigan oʻlchov natijalarini tahlil qilib borish boʻyicha topshiriqlar berildi.

     

    Manba: Axborot xizmati