Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Yakkasaroy tumanida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochildi
    13.12.2021

    Yakkasaroy tumanida aholi va yoshlarning kompyuter texnologiyalaridan keng va samarali foydalanish ko‘nikmalarini shakillantirish, yoshlarga kompyuter dasturlash asoslari, robototexnika va elektron tijorat sohasida innovatsion tadbirkorlik asoslarini o‘rgatish bo‘yicha “Barkamol avlod” bolalar maktabida Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

    Ochilish marosimida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, Halq ta’lim vazirligi, Toshkent shahar hokimligi, Yakkasaroy tumani hokimligi, IT Park rahbar va xodimlari hamda ustoz-murabbiylar, o‘quvchi yoshlar ishtirok etishdi.

    Raqamli texnologiyalar o‘quv markazining avvalo vazifasi o‘sib kelayotgan yosh avlodni ilm-fanga keng jalb etish, ularni axborot texnologiyalari bo‘yicha savodxonligini oshirishga qaratiladi va birinchi bosqichdagi barcha yoshlarga ta’lim bepul o‘qitiladi.

    Shuningdek “Temir daftar”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilganlar barcha fuqarolarimizni AKT yo‘nalishida o‘qitilib sertifikat beriladi va ish taklif etiladi hamda bandligi ta’minlanadi.

     

    Manba: Axborot xizmati