Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari “STUDENTS CUP 2021” tanlovida g‘alaba qozonishdi
    13.12.2021

    Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan IT Park bilan hamkorlikda o‘tkazilgan “STUDENTS CUP 2021” tanlovida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

    Tanlovning asosiy maqsadi yoshlarning AKT sohasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishdan iboratdir.

    Ushbu tanlov Respublika miqyosida bo‘lib, unda jami 20 dan ortiq oliy o‘quv muassasalaridan 40 ta jamoa ishtirok etdi. Tanlovda talabalar o‘zlari tomonidan yaratilgan loyihalarni namoyish etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Loyihalarning ustunligi, mohiyati va dolzarb muammolarni hal qilish uchun yaratilgan imkoniyatlari haqida ham to‘liq maʼlumotlar berildi.

    Mazkur tanlovda ishtirok etgan Toshkent shahridagi Amity universiteti talabalari Mentor.me (Mentorlarni talabalar bilan bog‘laydigan platforma) platformasini taqdim etdi va birinchi o‘rin uchun belgilangan 10 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

     

    Manba: Axborot xizmati