Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri “Astrum” IT akademiyasi faoliyati bilan tanishdi
    11.12.2021

    Bugun, 11-dekabr kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Yuqori Chirchiq tumanidagi “Astrum” IT akademiyasi faoliyati va bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

    Astrum” IT akademiyasi ikki qavatli bino zamonaviy jihozlangan bo‘lib, ta’lim va ishlab chiqarishni qamrab olgan klasterdir. Bu erda yoshlar avval dasturlashni o‘rganib, keyin shu sohada ishlaydi. Ularning o‘zlashtirishini sun’iy intellekt baholaydi.

    Hozirgi kunda klasterda o‘qish istagida bo‘lgan yoshlar saralab olinib o‘qitilmoqda.

    AKT vaziri  “Astrum” IT akademiyasida ta’lim olayotgan o‘quvchil bilan ochiq  muloqot qildilar.

     

    Manba: Axborot xizmati