Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Dasturchi bo‘lib to‘rt ming dollargacha pul topish mumkin
    11.12.2021

    “Andijan Digital city” texnoparki tashabbusi bilan yangi “Freelance Day” loyihasi tashkil etildi.

    Loyihaning ilk soni AKT sohasida yetarli tajribaga ega mutaxassis va hamyurtlarimizdan biri Akmaljon Kilichbekov bilan o‘tkazildi. Akmaljon Kilichbekov - SAP full-stack dasturchisi. U 2018 yildan buyon Germaniyaning SAP kompaniyasida BPO ishchi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.

    Uning faoliyati, IT sohasida muvaffaqiyatga erishayotgan va malakali yosh frilanser dasturchilarning mehnat faoliyatlari, yutuqlari, bilim va malakalarini ushbu sohaga kirib kelayotgan yoshlarga na’muna sifatida ko‘rsatish mumkin. Akmal Qilichbekov dasturchi bo‘lib to‘rt ming dollargacha pul topish mumkinligini aytdi.

    Suhbat davomida IT sohasida 6 yillik ish tajribasiga ega loyiha mehmoni Akmaljon o‘zining sohasiga kirib kelishi tarixi, SAP kompaniyasi va uning tizimlari, SAP dasturchisi bo‘lish imkoniyatlari va o‘ziga hos qiyinchiliklari, SAP tizimining IT biznesdagi o‘rni to‘g‘risida o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashdi.

    Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga bevosita javob oldilar, shuningdek, qiziqarli interaktiv o‘yinlarda qatnashdilar. Faol ishtirok etgan yoshlarga loyiha mehmoni va tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan estalik sovg‘alari ulashildi. Loyihada 70 nafar Andijon yoshlari ishtirok etdilar.

    Manba: Axborot xizmati