Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • TATU Urganch filialida “Start-Up loyihalar” tanlovi o‘tkazildi
    10.12.2021

    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Urganch filialida  IT Park ko'magida “Start-Up loyihalar” tanlovi bo’lib o’tdi.

    Tanlovga  TATU Urganch filiali talabalari tomonidan 32 ta loyiha arizasi kelib tushib ularning ichidan 18 ta loyiha tanlab olingan. Tanlov natijasidan kelib chiqib g‘oliblar aniqlandi.

    Tanlov natijalari bo‘yicha qidiruvda bo’lgan shaxslarni tez topshda xavfsizlik xizmati hodimlariga yordam beruvchi “IVA” loyihasi g‘olib deb topildi. Ikkinchi o‘rinni robototexnika bóyicha laboratoriya yaratish “RoboLab” loyihasi egalladi. Va uchinchi o‘rinni oziq-ovqat mahsulotlarini o'z vaqtida yetkazib berish uchun “DeFood” ilova loyihasi qo’lga kiritdi.

    Barcha tanlov ishtirokchilari sertiikatlar bilan taqdirlandi. G'oliblarga pulli mukofotlar topshirildi.

    Manba: Axborot xizmati