Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • Surxondaryo viloyatining chekka hududlari mobil aloqa va internet xizmatlari bilan taʼminlanmoqda
    09.12.2021

    Surxondaryo viloyatidagi mobil aloqa qamrovi mavjud boʻlmagan Denov, Ushor va Uzun tumanlari chekka hududlariga “Belinee” aloqa operatorining baza stansiyalari oʻrnatish orqali aholining mobil aloqa va internet xizmatlariga boʻlgan talabi qondirildi.

    Bugungi kunda viloyatdagi mobil aloqa baza stansiyalarining umumiy soni 2 029 tani va mobil abonentlar soni 1,5 million nafarni tashkil etmoqda.

    Viloyatda aholi yashash maskanlarining aloqa qamrovi 98 foiz, internet qamrovi 84 foiz va raqamli televideniya qamrovi 100 foizni tashkil qiladi.

     

    Manba: Axborot xizmati