Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • ZTE kompaniyasi rahbariyati bilan qator loyihalar muhokama qilindi
    02.12.2021

    Bugun, 2-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov “ZTE Investment” MChJ rahbariyati bilan uchrashdi.

    Uchrashuv doirasida tomonlar ZTE kompaniyasi ishtirokida AKT sohasidagi amalga oshirilayotgan loyihalar, xususan Oʻzbekiston telekommunikatsiya infratuzilmasini takomillashtirish, mobil aloqa tarmoqlarini modernizatsiya qilish, IP televideniyeni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan loyihalarni muhokama qildi.

    Uchrashuvda ta’kidlaganidek, bugungi kunda Respublikamizda AKT bozorining ishtirokchilari, jumladan telekommunikatsiya sohasida ham faoliyat olib borayotganlar uchun keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

    O‘z navbatida, ZTE kompaniyasining vakillari kelgusida AKT sohasida ilg‘or texnologiyalarni joriy etish va malakali mutaxassislarni tayyorlashga yo‘naltirilgan dolzarb va yirik loyihalarda ishtirok etishga tayyor ekanligini bildirdi.

     

    Manba: Axborot xizmati