Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • AKT vaziri Beeline kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi
    02.12.2021

    O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov Beeline kompaniyasi rahbariyati bilan uchrashdi.

    Uchrashuvda telekommunikatsiya xizmatlari koʻrsatish bozorini yanada rivojlantirish, xususan, mobil aloqa kompaniyalarining samarali faoliyat olib borishlari uchun yurtimizda har tomonlama keng imkoniyatlar yaratib berilgani taʼkidlandi.

    Uchrashuv chog‘ida Beeline kompaniyasi “Raqamli O‘zbekiston – 2030” doirasida yurtimizda amalga oshirilayotgan raqamli islohotlarda ishtirok etish masalalari, jumladan IT tadbirkorlikni rivojlantirish, IT parklar faoliyatini takomillashtirish, AKT sohasi uchun mutaxassislarni tayorlash, zamonaviy telekommunikatsiya infratuzilmani barpo etish masalalari muhokama qilindi.

    Tomonlar axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlikni kengaytirish uchun barcha imkoniyatlar mavjud ekanligini bildirdi.

    Manba: Axborot xizmati