Raqamli texnologiyalar vazirligining yangi digital.uz rasmiy veb-sayti sinov tariqasida ishga tushirildi. Endilikda ushbu veb-sayt orqali Vazirlik faoliyati bilan tanishib borishingiz mumkin.
eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
  • UZINFOCOMning yangi texnologiyasi .UZ domen zonasining xavfsizligini kuchaytirdi
    30.11.2021

    UZINFOCOM davlat axborot tizimlarini yaratish va qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yagona integrator DNSSEC (Domain name system security extension) domen nomlarini himoya qilish texnologiyasini yo‘lga qo‘yilganini e’lon qildi.

    Texnologiyaning mohiyati shundan iboratki, ushbu texnologiya ro‘yxatdan o‘tgan veb-saytlar domen nomi haqidagi ma’lumotlarni himoyalangan shaklda uzatadi va bu firibgarlarning domen nomini o‘zgartirishga urinishlari va foydalanuvchini soxta saytga «olib ketish» imkoniyatlarini sezilarli darajada cheklaydi.

    UZINFOCOM Yagona integratori O‘zbekiston milliy domen zonasiga xizmat ko‘rsatuvchi barcha yuqori darajadagi serverlarda keng ko‘lamli ishlarni amalga oshirdi va hozirda barcha serverda ushbu xavfsizlik texnologiyasidan foydalaniladi.

    Hozirda biz Uznetda firibgarlik operatsiyalari ko‘payganini ko‘rmayapmiz, biroq mahalliy veb-saytlarning domen nomlarini almashtirish bilan fishing holatlari qayd etila boshlandi. Ushbu holatlarning oldini olish ustida ishlamoqdamiz. Respublikada birinchi marta veb-texnologiyalar va internet xavfsizligini targ‘ibot qiluvchi ijtimoiy reklamani yo‘lga qo‘ymoqdamiz. Har bir veb-sayt egasi tarmoq xavfsizligi xizmatidan bemalol foydalanishini istaymiz” -  deb ta’kidladi UZINFOCOM Yagona integratori rahbari Emil Gimranov.

    DNS protokoli standarti 1983 yilda ishlab chiqilgan. Domain Name System (DNS) dastlab xavfsizlik maqsadlari uchun emas, balki kengaytiriladigan taqsimlangan tizimlarni yaratish uchun ishlab chiqilgan. Vaqt o‘tishi bilan DNS tizimi tobora zaiflashib borishi kuzatilmoqda. Firibgarlar foydalanuvchi so‘rovlarini ramziy nom bilan soxta serverlarga yo‘naltirib kredit karta raqami, paroli va boshqa maxfiy ma’lumotlarga osongina ega bo‘lmoqdalar. Foydalanuvchilarning o‘zlari hech narsa qila olmaydilar, chunki ko‘p hollarda ularning so‘rovi boshqa joyga yo‘naltirilganligiga shubha ham qilmaydilar – brauzerning panelidagi yozuvlar va saytning nomi foydalanuvchi ko‘rishni kutgan narsa ko‘rinadi. DNS xavfsizligini ta’minlash umumiy internet xavfsizligi uchun juda muhimdir.

    Manba: Axborot xizmati